O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Endilikda tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida ham amalga oshiriladi

2019-08-22 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi 684-sonli qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lgan tayanch doktorantlarning har yili tayanch doktoranturaning oxirgi kursidagi o‘qish davri uchun stipendiyaning ikki barobari miqdorida tayinlanadi.

O‘zR Prezidentining davlat stipendiyalari bo‘lgan magistratura talabalari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul qilinadi.

Endilikda tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qitish DAVLAT BYuDJETI MABLAG‘LARI hamda TO‘LOV-KONTRAKT asosida amalga oshiriladi. 

Tayanch doktorantura va doktoranturaga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun qabul kvotasi, qoida tariqasida, tegishli o‘quv yili uchun tasdiqlangan OTMlarga davlat buyurtmasi asosida magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish umumiy parametrlarining  30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Shuningdek, ilmiy unvoni bo‘lgan fan nomzodlari yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy rahbarlik yoki ilmiy maslahatchi faoliyati samaradorligi tahlili asosida Kollegial organ tavsiyasiga ko‘ra bir vaqtning o‘zida faqat ikki nafar tayanch doktorantga va mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbar etib biriktirilishi mumkinligi belgilangan.

Поделиться