O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Islohotlar samarasi”da qishloq xo‘jaligi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash masalasi muhokama qilindi
2019-08-22 | Ta’lim
21-avgust kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Islohotlar samarasi” ko‘rsatuvining maxsus soni tasvirga olinib, “O‘zbekiston24” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi.
Ko‘rsatuv Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi” DUKda tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgigan vazifalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ko‘rsatuvda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Qo‘ng‘irotbay Sharipov, Toshkent davlat agrar universiteti rektori Botirjon Sulaymonov, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Shuningdek, ko‘rsatuvda qishloq xo‘jaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash, “aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash vazifalarini bajarish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.