O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligining huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari haqidagi hisoboti eshitildi

2019-08-21 | Jamiyat

Joriy yilning 20 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasida O‘zbekiston Respblikasi Adliya vazirligining “Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun xujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

Mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, qo‘mitaning ekspertlar guruhi, Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.

Adliya vazirligi axboroti eshituvi davomida, vazirlik tomonidan huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun xujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, targ‘ibot ishlari vazirlikning tuman bo‘g‘inlari o‘z faoliyatini boshlashi munosabati bilan oldingi davrga nisbatan, ya’ni 2019 yil I yarmida 171 ming (2018 yil I yarmida 46,7 ming) targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilganligi hamda 3 barobarga ko‘payganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, birgina notariuslar tomonidan 20 mingga yaqin, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 100 mingdan ortiq sayyor xizmatlar ko‘rsatish jarayonida ham aholiga huquqiy tushuntirishlar berilganligi qayd etildi.

Shu bilan birga, aholi ko‘tarayotgan muammoli masalalar, ya’ni migratsiya, moddiy yordam, yer, uy-joy olish, kommunal xo‘jalik, imtiyozlar, ishga joylashish, ta’lim olish va boshqalar bo‘yicha huquqiy targ‘ibot jadallashtirilganligi, shuningdek, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha manzilli va predmetli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur tasdiqlanganligi haqida axborot berildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning o‘tgan davrida davlat organlari vakillari 79 mingdan ortiq xonadonlarga borishib, huquqiy maslahatlar berishgan hamda Adliya vazirligi tomonidan 76 mingdan ortiq manzillarda targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinib, bunda qonunchilikni oddiy tilda tushuntirishga alohida e’tibor qaratilib, aholiga 800 mingdan ortiq nusxada buklet, flayer, liflet va plakatlar shaklidagi materiallar tarqatilgan.

Adliya vazirligi axborotiga ko‘ra, aholining kundalik ehtiyojidan kelib chiqib, ularni qiziqtirgan huquqiy mavzular bo‘yicha o‘tkaziladigan “So‘rov bo‘yicha huquqiy targ‘ibot” kontseptsiyasi tasdiqlangan va mazkur kontseptsiya asosida so‘rov kelib tushishiga qarab, joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Vazirlik tomonidan fuqarolar kundalik hayotida asqotadigan va foydalana oladigan “Hayotiy muhim masalalar bo‘yicha huquqiy qo‘llanma” tayyorlanganligi va unda fuqarolik, mulk, mehnat, ta’lim, soliq va oila qonunchiligiga doir muhim tushunchalar ochib berilganligi tadbir davomida ta’kidlab o‘tildi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, targ‘ibot sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan foydalanish bir necha o‘n barobarga kengaytirilganligi, misol uchun telegramdagi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali faoliyatini yanada takomillashtirilib, kanalning rus, ingliz tillari va lotin alifbosidagi versiyalari tashkil etilganligi haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan huquqiy savodxonlikni aniqlash va baholash tizimi - test.adliya.uz sayti ishlab chiqilib, ishga tushirilganligi, shuningdek, Buyuk Britaniyaning “Citizens advice” xizmati tajribalari asosida turli hayotiy holatlar bo‘yicha huquqiy yechim taklif etiladigan Advice.uz huquqiy maslahat portali yaratilib, ishga tushirilganligi hamda yosh avlodning huquqiy bilimlarini oshirib borish, bolalarda kichik yoshdanoq qonunga hurmat ruhini tarbiyalash maqsadida “bolahuquqlari.uz” sayti yaratilib, 1 iyundan ishga tushirilganligi haqida ham alohida ta’kidlandi.

Tadbir ishtirokchilariga vazirlik tomonidan fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishga bo‘lgan harakatlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida tanlovlar va viktorinalar tashkil etish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yilganligi, xususan, “Huquq sohasini yorituvchi eng yaxshi jurnalist” va “Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” tanlovlari, “Biz korruptsiyaga qarshimiz” megatanlovi tashkil etilganligi haqidagi batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda qayd etilishicha, vazirlik tomonidan “Media-savodxonlik va fake-news: huquq va mas’uliyat chegarasi” deb nomlangan qo‘llanma ishlab chiqilib, ushbu masalada OAV xodimlari, jurnalistlar, blogerlar uchun seminar ham tashkil etilgan.

Bundan tashqari, vazirlik tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan teleko‘rsatuvlar (“Qonunchilikdagi yangiliklar”, “Mening huquqim” va b.) efirga uzatilib kelinyotganligi haqida axborot berildi.

Tadbir yakunida huquqiy tarbiyani kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash, mazkur sohada ijtimoiy hamkorlik mexanizamlaridan to‘liq foydalanish to‘g‘risida tavsiyalar berildi.

Поделиться