O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qashqadaryo viloyatida Avgust kengashlarining viloyat o‘quv-seminari o‘tkazildi

2019-08-21 | Ta’lim

Joriy yilning 19-20 avgust kunlari Qarshi shahridagi 9-umumta’lim maktabida Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi tizimi xodimlari uchun yangi o‘quv yili oldidan Avgust kengashlarining viloyat o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 6 avgustdagi “2019-2020 o‘quv yili Avgust kengashlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 255-sonli buyrug‘i va viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2019 yil 8 avgustdagi 145-buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida "Ta’limda islohotlar: o‘zgarishni o‘zimizdan boshlaylik" shiori ostida tashkil etildi.

Avgust kengashi yig‘ilishi doirasida 28 ta sho‘’balar kesimida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Sho‘’balarda 865 nafar trener o‘qituvchilar va 154 nafar ta’lim muassasasi rahbarlari ishtirok etdi. 22-24 avgust kunlari tuman, shaharlarda o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlarga trenerlar tayyorlandi.

Har bir sho‘’bada O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi tomonidan tavsiya etilgan materiallar muhokama qilindi. Bundan tashqari, 2019-2020 o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirib olindi.

Viloyat o‘quv-seminariga viloyat XTXQTMOXMning rahbar va trener o‘qituvchilar o‘zlarining dolzarb ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi hamda ta’lim tizimidagi yangiliklar va o‘zgarishlarga alohida etibor qaratildi.

Shuningdek, 2019-2020 o‘quv yili oldidan xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining mas’uliyati, tashabbuskorligini, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati va mahoratlarini yanada oshirish, o‘quv dasturlari, darsliklardagi yangiliklar, o‘zgarishlar bilan tizim xodimlarini yaqindan tanishtirish, yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining chora-tadbirlari ishlab chiqildi.

O‘quv-seminar ishtirokchilarining takliflari, ta’limda muammo bo‘lib turgan masalalarning yechimini topishga alohida e’tibor qaratildi.

Поделиться