O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtidorli yoshlar deputatlar bilan uchrashdi

2019-08-21 | Jamiyat

Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularga davlat tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik miqyosi yildan-yilga kengayib bormoqda. Oʻtgan yillar davomida yoshlarga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar, Prezidentning farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlari qabul qilindi. Oliy Majlis tomonidan bolalar va yoshlar huquqlariga oid oʻnga yaqin xalqaro shartnoma ratifikatsiya qilindi.

Bugungi kunda yoshlar oʻrtasida milliy qonunchiligimizni keng targʻib qilish borasida partiyalar tomonidan turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, 20-22-avgust kunlari Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi tashabbusi bilan Toshkent viloyati “Doʻrmon” ijod uyida “Isteʼdodli yoshlar“ forumi oʻtkazilmoqda.
 
Ana shu forum doirasida hududlardan kelgan faol, isteʼdodli yoshlar uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mamlakat mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlab “Istiqlolning iqtidorli yoshlari: shaxsiy faollik va samarali natija” mavzuida deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
 
Deputatlar yigit-qizlarga mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, navqiron avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar xususida soʻzlab berdi. Shuningdek, ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, uning tuzilmalari, deputatlik birlashmalari, komissiyalar va deputatlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
 
Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tashkil etilgani va 30-iyun – Yoshlar kuni deb eʼlon qilinishi ushbu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi boʻldi. Ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan Prezident qarori bilan tasdiqlangan yoshlarga oid davlat siyosati borasidagi barcha maqsadlarni oʻzida aks ettirgan dasturda yoshlarni masʼuliyatli lavozimlar zaxirasiga kiritish, oliy taʼlim muassasalariga imtiyoz bilan qabul qilish, imkoniyati cheklangan yigit-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yoshlar klubi”ni tashkil qilish singari gʻoyat muhim tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirish belgilangani eʼtiborga molik jihatlardan biridir.
 
– Shu kabi gʻoyalarni inobatga olib, Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tuzildi, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” SDP “Yosh adolatchilar” qanoti kengashi raisi Umid Sulaymonov. – Bugungi kunda ushbu komissiya yigit-qizlarning siyosiy faolligini, jamiyatda yoshlar mavqeini yanada oshirish, ular manfaatiga xizmat qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish borasida faol ishtirok etmoqda. Ayniqsa, 2016-yil 14-sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun davlatimizning yoshlarga yuksak eʼtibori namunasidir.
 
Tadbirda mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusini amaliyotga joriy etish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.
 
Davra suhbatidan soʻng ishtirokchilar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosida deputatlarga yaratilgan shart-sharoitlar, majlislar zallari, oʻquv xonalari, kutubxonalar, milliy parlamentimiz tarixi bilan yaqindan tanishib, deputatlarning ish jarayoni haqida tasavvurga ega boʻldi.
 

Xurshid QODIROV, OʻzA

Поделиться