O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident «Mo‘ynoq akva sanoat» davlat unitar korxonasini borib ko‘rdi

2019-08-20 | Siyosat

Bir paytlar Mo‘ynoq baliqchilik sanoati bilan mashhur bo‘lgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili bu yerga kelib, mavjud suv havzalarida baliqchilikni qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi. 

«Mo‘ynoq akva sanoat» korxonasi – ana shu tashabbus natijasi. Loyiha qiymati 20 milliard so‘mlik mazkur korxona yiliga 4 ming tonna baliqni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. 200 tonna dudlangan baliq, 780 tonna farsh, 400 tonna file, 9 million dona konserva ishlab chiqariladi. Qariyb 60 ish o‘rni yaratiladi. 
 
Bugungi kunda korxona binosi qurilishi yakunlanib, texnologik uskunalar o‘rnatilmoqda. Uni shu yil sentyabrda ishga tushirish mo‘ljallangan.

Shu yerda Qoraqalpog‘istonda baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Bu tarmoqda qo‘shimcha 17 loyiha ishlab chiqilgan. Ular natijasida baliq yetishtirish hajmini 15 ming tonnaga, qayta ishlash darajasini 36 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Orolning qurigan tubiga butalar ekish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, 42 yilda 400 ming gektar maydonda saksovullar ekilgan bo‘lsa, 2018-2019-yilda qariyb 500 ming gektarda himoya o‘rmonzorlari barpo etilgan. To‘plangan tajribadan kelib chiqib, yana ikki yilda 700 ming gektar yerni yashil hududga aylantirish mumkinligi ta’kidlandi.

Поделиться