O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Хокимият Сухского района

2019-08-20 | Fan

Oʻzbekiston—Belarus ilmiy-texnikaviy hamkorlik doirasida 100 nafardan ortiq yosh olimlar Belarus Milliy Fanlar akademiyasi va Belarus Respublikasi Taʼlim vazirligining ixtisoslashgan tashkilotlarida ilmiy stajirovkarini oshirmoqdalar. Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus davlatlari oʻrtasida ilgʻor tajriba almashinish va ilmiy aloqalarni kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan ilmiy stajirovkalar yuqori darajada tashkil etildi.

Oʻzbekiston va Belarus olimlari bir qator qoʻshma loyihalarni amalga oshirmoqdalar, ular doirasida turli sohalarda ilmiy amaliyotlar oʻtkazilmoqda. Ushbu sohalardan biri inson va hayvonlar uchun dori sifatida foydalanish mumkin boʻlgan rekombinant oqsillar boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlardir.

Belarus Davlat universiteti Biologiya fakultetining Mikrobiologiya kafedrasida rekombinant hayvonlarning oqsillari (interferonlar, kolonni qoʻzgʻatuvchi omillar, antibakterial oqsillar va peptidlar, emlash antigenlari va boshqalar) asosida chorvachilik uchun yangi turlarga oid veterinariya preparatlari ishlab chiqilmoqda. Toʻliq biotexnologik jarayon yaratildi — yuqori samarali ishlab chiqaruvchi shtammlarni loyihalashdan tortib, tayyor shakllarini tayyorlashgacha. Uy hayvonlari (itlar, mushuklar), qoramollar, otlar va choʻchqalar uchun maxsus terapevtik va profilaktik preparatlar ishlab chiqilgan va roʻyxatga olingan. Giyohli dorivor moddalar qoʻy va echkilar, tovuqlar va boshqa hayvonlar uchun ishlab chiqilmoqda. Dori vositalarining hayvonlarga taʼsirini oʻrganish jarayonida dorilar organizmning asosiy immunologik parametrlariga taʼsiri oʻrganiladi.

Tajriba almashinuvi natijasida rekombinant oqsillarni ishlab chiqarishga oid hamkorikda yangi yoʻnalishlar joriy etilishi koʻzda tutilgan boʻlib, bunda antibiotiklarni chorvachilikda ishlatilishining oldi olinadi. Shuningdek, chorvachilikda hayvon tanasining himoya tartibga solish mexanizmlarini safarbar qilish orqali ular koʻplab yuqumli kasalliklarga qarshi samarali kurashadilar va ular antibiotiklardan foydalanishga alternativ boʻlib xizmat qilishlari mumkin.

 

Feruza Rustambekova,

Toshkent kimyo-texnologiya instituti mustaqil tadqiqotchisi

Поделиться