O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-08-20 | Siyosat

2019-yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomon kun tartibi, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolarga tegishli qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Raisi Si Szinpinning Pekin shahridagi “Bir makon, bir yo‘l” forumi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (Bishkek) va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (Dushanbe) sammitlari doirasidagi samarali uchrashuvlari ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli aloqalarni rivojlantirishga yangi turtki va dinamika berdi. O‘zaro savdo yuqori sur’atda o‘smoqda, investitsion sohadagi hamkorlik faollashmoqda, mintaqalararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Shu nuqtayi nazardan, Janubiy Xitoyning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ta’lim va madaniy markazi bo‘lgan Guanchjou shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochish taklifi muhokama qilindi.

Vazirlar Bosh vazir Abdulla Aripovning Xitoyga va Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyanning O‘zbekistonga bo‘lajak rasmiy tashriflarining kun tartibi va dasturini amaliy jihatdan ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy strategik sherikligini mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Поделиться