O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Alkogol mahsulotlarini savdosi uchun ruxsat berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlariga bag’ishlangan kengaytirilgan yig’ilish

2019-08-20 | Iqtisodiyot

Toshkent shahar hokimligida alkogolli mahsulotlar savdosi bilan shug'ullanish huquqini beradigan ruxsatnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish masalalariga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Moliya vazirligi va Shahar hokimligi tomonidan o'tkazilgan tadbirda Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Yong'in xavfsizligi boshqarmasi, Prokuratura organlari, Davlat xizmatlari agentligi, Davlat soliq qo'mitasi va boshqa bir qator davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Muhokama markazida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 16 martdagi "Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida" gi  PQ-605-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 martdagi "Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi. 89 sonli qarorlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish boyicha qaror loyihasi bo’ldi.  Ishtirokchilar alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish bilan bog'liq ba'zi qiyinchiliklar mavjudligini ta'kidladilab o’tdilar. Xususan, ruxsat olish muddati uzoq ekanligi qayd etildi.

Shu asosda quyidagi takliflar ilgari surildi:

• Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berishning to'liq elektron tizimiga o'tish uchun ruxsat berish bo'yicha maxsus komissiyalar tarkibini ko'rib chiqish;

• Turg’un savdo shoxobchasi ta’lim, sport va diniy muassasalardan radiusi 500 metr masofada joylashishi to'g’risidagi cheklovni 200 metrgacha qisqartirish;

• Alkogolli ichimliklar chakana savdosi, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli ichimliklarni sotish huquqi uchun oylik to'lov miqdorining kamaytirilishi;

• Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug'ullanadigan ko’rxonalarning yagona reestrini shakllantirish va ularni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining vakolatli organ sifatida belgilash.

Tadbirkorlik subyektlari uchun qulayliklar yaratish va alkogol mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohomasi olish tartibini yanada soddalashtirish maqsadida Moliya vazirligi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda tegishli normativ hujjatlarga o’zgartitish va qoshimchalar kiritish loyihasini ishlab chiqmoqda.

Поделиться