O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda
2019-08-19 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 avgustdagi 672-son Farmoyishbga muvofiq, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida xayriya hashari hamjihatlik bilan boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 avgustdagi 672-son Farmoyishida umumxalq hasharini o‘tkazishdan maqsad “Davlatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligini munosib nishonlanishiga tayyorgarlik ko‘rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida aholining daxldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, yoshlarimizni vatanparvar va fidoiy etib tarbiyalash, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va tozalik, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash hamda 2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish” ekanligi qayd etilgan.
Hasharda vazirlik xodimlari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent farmatsevtika instituti, Nukus davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali faollik ko‘rsatishmoqda.
E’tiborlisi, Toshkent farmatsevtika instituti jamoasi institut hududidan tashqari Mirobod tumani, Sariko‘l mahallasida joylashgan “Yopiqli ota” qabristonida ham obodonlashtirish ishlariga bosh-qosh bo‘lishmoqda.