O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahalliy hokimiyatlar maktab hududi va ko‘chmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini ta’minlashi lozim

2019-08-16 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi “Tuzbozor” mahallasida yashovchi nafaqadagi o‘qituvchi Hakim Po‘latov murojaatnomasini o‘z vakolati doirasida o‘rganib chiqadi va tegishli davlat organlariga masalani hal etish uchun yuboradi.

Hakim Po‘latov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida mustaqillik yillari davomida Boysun tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida boshqa tashkilotlar noqonuniy joylashtirilganligini ma’lum qilib, amaliy yordam berilishini so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 fevraldagi 122-sonli farmoyishining 1-bandida Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan davlat ta’lim muassasalarining, xususan, maktabgacha ta’lim, o‘rta-ta’lim, kasb-hunar ta’limi muassasalarining mol-mulki, bino va inshootlari hamda yer maydonlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorisiz tashkilotlarga berish yoki ta’lim jarayoniga tegishli bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish qat’iyan man qilingan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandiga ko‘ra umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarning yer uchastkalari va ko‘chmas mulkini Xalq ta’limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonning 3-bandiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xalq ta’limi muassasalari hududining va ko‘chmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda ta’minlashlari lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi mahalliy hokimiyatlardan qonunchilik normalarini qat’iy taminlashlarini talab qiladi.

Поделиться