O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Sodiq do‘st” musobaqasi g‘oliblari tantanali kutib olindi
2019-08-16 | Jamiyat
Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Federatsiyasining Omsk shahrida o‘tkazilgan “Sodiq do‘st” musobaqasi g‘oliblarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa g‘oliblari Mudofaa vazirligi qoshidagi harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan dilgir ohanglar sadosida qarshi olindi. G‘oliblar sharafiga iliq so‘zlar aytildi.
Moskva viloyatining Dmitrov shahrida o‘tkazilgan “Sodiq do‘st” musobaqasida hamyurtlarimiz ishonchli harakat qilib, umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Mazkur musobaqada vakillarimiz qurollardan nishonni mo‘ljalga olish, 300 metrli to‘siqli yo‘lakdan o‘tish, Dog biatlon (individual poyga) va 1600 metr masofaga (Dog biatlon) estafeda yugurish shartlarida o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.
E’tiborli jihati shunda-ki, 1600 metr masofaga (Dog biatlon) estafeda yugurish shartida O‘zbekiston nomidan qatnashgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Sodiq
Dilmurodov o‘zining “Klift” laqabli xizmat iti bilan rekord o‘rnatdi. Gap shundaki, vakilimiz belgilangan masofani 5 daqiqayu 59 soniyada bosib o‘tdi. “Sodiq do‘st” musobaqasi tarixida hali bunday ko‘rsatkich bo‘lmagan.