O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2019-08-15 | Iqtisodiyot

13 avgust kuni OIIB delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan "Infratuzilmani yaxshilash orqali mamlakatni rivojlantirish yo‘llari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Vazirliklar, tarmoq idoralari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda bank bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Davra suhbati davomida tomonlar yaqin hamkorlik va O‘zbekistonning hududlarida strategik loyihalarni amalga oshirish uchun bank tomonidan moliyaviy ko‘makni jalb qilish to‘g‘risida fikr almashdilar. Shuningdek, Buxoro viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini takomillashtirish hamda yo‘llarni qayta tiklash bo‘yicha OIIB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar keng jamoatchilikka namoyish etildi.

Bundan tashqari, uy-joy qurilish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, chekka qishloqlarda aholini yashash sharoitlarini yaxshilash, temir yo‘llarni elektrlashtirish va kommunal infratuzilmani yaxshilash sohasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston tijorat banklari bilan hamkorlik qilish va sanoat sektoridagi loyihalarni moliyalashtirishning alternativ variantlari to‘g‘risida alohida to‘htalib o‘tildi.

Davra suhbati yakunida OIIB Prezidenti O‘zbekistonga tashrifi haqidagi  taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va yangi sohalar va yo‘nalishlarni qamrab olish yo‘li orqali respublikada OIIB faoliyatini kengaytirishi uchun keng ufqlarni belgilab berdi, bu esa O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi asosiy sheriklaridan biriga aylantiradi.

Поделиться