O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston-Gruziya: Toshkentda Gruziyaning turistik salohiyati taqdimoti boʻlib oʻtdi

2019-08-15 | Turizm

14-avgust kuni Hyatt Regency Tashkentʻda Gruziyaning turistik salohiyati taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda Gruziyaning MICE-korporativ va biznes turizm segmentida faoliyat yurituvchi 9 yetakchi kompaniya vakillari hamda Oʻzbekistonning 80 turoperatori ishtirok etdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Gruziya Milliy turizm maʼmuriyati tashabbusi bilan tashkil qilindi.

2019-yilning 11-avgustidan Toshkent-Tblisi-Toshkent aviareysining ochilishi munosabati bilan ikki mamlakatda ham hamkorlikdagi doʻstona tadbirlar seriyasi oʻtkazildi. Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan tadbirni Gruziyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Zurab Abdushelishvili ochib berdi. Elchi bu kabi hamkorlikdagi tadbirlarning ikki mamlakat turistik salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

“Bugungi taqdimot Gruziyaning sayyohlik salohiyati targʻibotiga bagʻishlangan. Bizning yurtimizda turizmning turlari koʻp – togʻ turizmidan tortib to ekoturizm, dengiz turizmi va biznes turizmgacha. Ayni damda tibbiyot va MICE-turizmiga eʼtibor qaratilmoqda. Toshkent-Tblisi-Toshkent toʻgʻridan toʻgʻri aviareysining ochilishi ikki tomonning turizm munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Hozir Oʻzbekiston ushbu sohada burilish qilayotgani yaqqol sezilmoqda. Shuni taʼkidlab oʻtmoqchi edimki, UNWTO raisi mening vatandoshim, Gruziyaning Ispaniyadagi sobiq elchisi Zurab Pololikashvili meni Oʻzbekistonga elchi etib tayinlanganim bilan birinchilar qatorida tabrikladi va bu mamlakat uchun xalqaro ahamiyatga ega katta turistik tadbirlarni oʻtkazishga doim tayyorligini aytdi. Toʻgʻridan toʻgʻri aviareys, doʻstona munosabatlar, madaniy aloqalar almashinuvi – ishonchim komilki, kelgusida bularning bari mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarda yaxshi samara beradi”, - dedi Gruziya elchisi.

Gruziya Milliy turizm maʼmuriyati qoshidagi turizm biznesini rivojlantirish boʻyicha menejer Magda Sanikidze Gruziyaning turistik salohiyati taqdimotini oʻtkazdi.

“Nima uchun Gruziyaga sayohat qilish maqsadga muvofiq? Qulay geolokatsiya, zamonaviy infratuzilma va b. Bizning mamlakatimiz xalqaro xavfsizlik indeksi boʻyicha 5-oʻrinni, tezkor rivojlanayotgan mamlakatlar indeksi boʻyicha 4-oʻrinni egallaydi. Shu bilan birga, mamlakatda noyob va qadimiy madaniyat, qadimiy alifbo, YUNESKO nomoddiy madaniy meros reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan xalq ogʻzaki folklori, mashhur gruzin oshxonasi, vinochilik sanʼati saqlanib qolgan, bularning barchasi Gruziya turistik salohiyatining oʻziga xos jihatlaridan biridir”, - dedi Magda Sanikidze.

Turistik salohiyatning rang-barang taqdimoti ikki mamlakat turoperatorlari oʻrtasidagi B2B uchrashuv bilan yakunlandi. Unda turoperatorlar oʻzaro fikr-mulohazalar va tajriba almashishdi, yangi turistik yoʻnalishlarni kashf qilishdi. Tadbir oxirida Oʻzbekiston va Gruziyaning turistik markazlariga yoʻllanma oʻynaldi, shuningdek Gruziya vinolari degustatsiyasi oʻtkazildi. Подробнее: https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=664

Поделиться