O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yana 20 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega boʻladi

2019-08-14 | Turizm

Prezident “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi. Farmondan maqsad – turizm sohasida amalga oshirayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, turistik infratuzilma bilan bogʻliq muammolarni hal qilish orqali respublikaga kelayotgan xorij fuqarolari oqimini koʻpaytirish, xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorida milliy turistik mahsulotlarni targʻib qilish, turizm sohasi kadrlar salohiyatini kuchaytirish hamda 2019-2025-yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasini amalga tatbiq qilish. Подробнее:

Yangi Farmonga muvofiq, 2020-yilning 1-yanvaridan yana 20 davlat fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim yoʻlga qoʻyiladi. Quyida ularning roʻyxatini keltirib oʻtamiz:

1. Antigua va Barbuda

2. Barbados

3. Beliz

4. Grenada

5. Dominikan Respublikasi

6. Meksika Qoʻshma Shtatlari

7. Gvatemala Respublikasi

8. Gonduras Respublikasi

9. Kosta-Rika Respublikasi

10. Kuba Respublikasi

11. Nikaragua Respublikasi

12. Panama Respublikasi

13. Trinidad va Tobago Respublikasi

14. El-Salvador Respublikasi

15. Sent-Vinsent va Grenadin

16. Sent-Lyusiya

17. Bagamskix Orollari Hamdoʻstligi

18. Dominika Hamdoʻstligi

19. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi

20. Yamayka 

Поделиться