O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy Elchisi bilan uchrashuv

2019-08-14 | Siyosat

2019-yilning 14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida afg‘onlararo tinchlik jarayonini ilgari surish bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishi, Afg‘oniston hududida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish istiqbollari hamda afg‘on kadrlarini tayyorlashga yordam ko‘rsatish borasidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining holati to‘g‘risida fikr almashildi.
 
Xitoy diplomatik vakolatxonasi rahbari Termiz shahridagi afg‘on fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi negizida Afg‘oniston Islom Respublikasi qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston–Xitoy–Afg‘oniston uch tomonlama hamkorligini yo‘lga qo‘yishdagi Toshkentning sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
 
Mazkur sohadagi hamkorlik doirasini kengaytirishga tomonlarning tayyorligi bildirildi.
 
Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston – Xitoy hamkorligining konstruktiv ahamiyatiga e’tibor qaratilgan holda mazkur mamlakat bo‘yicha ikki davlat maxsus vakillari o‘rtasida fikr almashishni muntazam davom ettirishga kelishib olindi.

Поделиться