O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlar murojaatlari bo‘yicha yagona portal ishga tushirildi

2019-08-13 | Iqtisodiyot

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yagona interaktiv portal faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlarning muammolarini hal etishda ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish uchun samarali tizim joriy etilishini nazarda tutuvchi “business.gov.uz” yagona interaktiv portali ishlab chiqilib, 2019-yil 1-iyundan sinov tarzida va joriy yilning 15-iyun kunidan boshlab to‘liq ishga tushirilgan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yagona interaktiv portalning ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, murojaatlar og‘zaki, yozma va elektron shaklda yoxud video tasvir ko‘rinishida ariza, taklif va shikoyat shaklida berilishi mumkin. 
 
Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan “Call-markaz” ga +998 71 211-00-00 qo‘ng‘iroq raqami va yagona 1100 qisqa raqam ajratilgan bo‘lib, unga kelib tushgan murojaatlar og‘zaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqiladi.
 
Qonunga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib murojaat etish huquqi kafolatlanadi. 
 
Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari murojaatlarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari talablariga rioya etishi, ularning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi uchun choralar ko‘rishi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘rishi shart.
 
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning, agar bu tadbirkorlik sub'yektining huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo‘lsa, boshqa axborotning davlat organlari, tashkilotlar xodimlari va ular mansabdor shaxslari tomonidan oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
 
Qaror loyihasi bilan tanishib chiqib, 2019-yil 24-avgust kuniga qadar o‘z takliflaringizni qoldirishingiz mumkin.

Поделиться