O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Polvonlarimiz Belarusda shohsupaga ko‘tarildi
2019-08-13 | Sport
Belarusning Minsk shahrida erkin kurash bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqa o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 tadan oltin va kumush hamda 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionati oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tab bergan ushbu turnirda vazni 125 kilogrammgacha bo‘lgan polvonimiz Hasanboy Rahimov va 74 kilogrammgacha vazndagi kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov barcha raqiblaridan ustun kelib shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Shuningdek, vakillarimizdan o‘z vazn toifalaridagi bahslarda finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan Jahongirmirzo Turobov hamda Jabroil Shapiyev kumush medali bilan taqdirlandi. Ixtiyor Navro‘zov, Rashid Qurbonov va Abbos Rahimov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Javohir TOShXO‘JAYEV, O‘zA