O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlik rivojida kim yoki nima g‘ov bo‘lmoqda?

2019-08-12 | Iqtisodiyot

Tadbirkorlarni qanday muammolar qiynamoqda? Tadbirkorlik rivojida kim yoki nima g‘ov bo‘lmoqda? Sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak?

Farg‘ona shahridagi Tadbirkorlar markazida viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning tadbirkorlar bilan uchrashuvida ana shu kabi savollarga javob berildi.
 
Bugungi kunda mamlakatimizda xususiy mulk, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, bu yo‘ldagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish maqsadida uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan siyosat samarasida mazkur soha milliy iqtisodiyotimizning chinakam tayanchiga aylanmoqda. Muammolarni tizimli hal etish, tadbirkorlarga chinakam ko‘mak berish maqsadida Prezidentimizning joriy yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
 
Farg‘ona viloyatida ham tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish uchun qulay sharoit yaratish va aholini tadbirkorlikka keng jalb etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatda joriy yilning o‘tgan davrida 5 mingga yaqin yangi kichik biznes sub'yekti tashkil qilinib, ularning umumiy soni 28 mingtaga yetdi. Kichik biznes sub'yektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 70 foiz, sanoat mahsuloti hajmida 40 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotida 97 foiz, kiritilgan investitsiyalarda 64,1 foizni tashkil qilmoqda. Viloyatda eksportning 80 foizi aynan kichik biznes sub'yektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 1 trillion 368 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, kreditlash hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 marta ortdi. “Har bir oila - tadbirkor” Davlat dasturi doirasida 29 ming 346 ta fuqaro va tadbirkorga 455,6 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.
 
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi va 15 ta kichik sanoat zonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shu kungacha “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududiga qiymati 180 million dollar bo‘lgan 94 ta loyiha joylashtirildi. Loyihalar asosida 5 ming 880 ta yangi ish o‘rni yaratish belgilangan.
 
Shunday bo‘lsa-da, shahar va tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga, qulay investitsiya muhitini shakllantirishga to‘sqinlik qiluvchi ba’zi bir holatlar ham kuzatilmoqda. Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda ana shular xususida so‘z bordi, ularni qiynayotgan muammolar o‘rtaga tashlandi.
 
Viloyat hokimi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning muammolarini eshitdi, aksariyatini shu yerning o‘zida hal qilib berdi. Muammolar asosan tadbirkorlar uchun bank krediti, joy, yer, gaz, elektr va suv ta’minoti masalalarida bo‘ldi.
 
Uchrashuvda viloyat hokimining tadbirkorlarga murojaati o‘qib eshittirildi. Endilikda viloyatda har shanba kuni viloyat hokimining tadbirkorlar bilan uchrashuvi o‘tkaziladi, haftaning boshqa kunlari esa shahar va tumanlarda uchrashuvlar belgilanadi.
 
M.SULAYMONOV, O‘zA

Поделиться