O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv
2019-08-12 | Siyosat
2019-yilning 12-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Janubiy Koreya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil 6-9-avgustdagi Koreya Respublikasiga tashrifining muvaffaqiyatli yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
TIVdagi uchrashuvda siyosat, parlamentlararo hamkorlik, farmatsevtika, tibbiyot, ta’lim va madaniyat sohalarida bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.