O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“OKMK” SMda jahon chempionati davom etmoqda
2019-08-12 | Sport
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “OKMK” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbog‘li kurash bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha bo‘lib o‘tgan belbog‘li kurashning klassik yo‘nalishidagi bahslar mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari uchun omadli bo‘ldi. Ularda jami 14 ta oltin, 13ta kumush va 5 ta bronza medallari bor.
Jumladan, mamlakat termasi safida viloyatimizdan o‘z vazn toifalarida Hasan Azimov birinchi o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo‘ldi va jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Farrux Ne’matov, Furqat To‘lqinov va Muhammad Vaxobovlar ikkinchi o‘rinni egallashib, kumush medalga ega chiqishdi. Vakillarimizdan Komiljon Nishonboyev va Hamidulla Tursunboyevlarga biroz omad yetishmadi. Ular uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi.