O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Buxoroda sayyor qabul o‘tkazdi

2019-08-12 | Jamiyat

Sayyor qabullar qachon natija beradi? Qachonki, fuqarolar bu qabullardan rozi bo‘lsa. Davlatimiz rahbari tomonidan mutasaddilar oldiga qo‘yilgan talablarning zamiri ham aslida shu - odamlarni rozi qilishdir.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik B.Adilovning Buxoro tumanidagi “Rabotak” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulida ayni shu masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Viloyat huquq-tartibot idoralari, boshqarma, tashkilot va korxonalar mas’ullari hamda tuman hokimligi vakillari ishtirokida uyushtirilgan sayyor qabulda viloyatning barcha hududlaridan 58 nafar fuqarolar qatnashdi. Muloqotlar davomida surishtiruv va tergov, jazoni ijro etish, fuqarolik pasporti olish ishlari yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.  Uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironlik aravachasi olish, Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi M-37 magistral avtomobil yo‘lining aholi gavjum joyida zamonaviy piyodalar o‘tish yo‘lakchasi barpo etish  masalalari ham ko‘tarildi. Tadbir natijadorligiga erishish, fuqarolar talablarini to‘laqonli qondirish, masalalarni xolis va qonunan hal qilish maqsadida har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, muammolarning yechimini topish muddatlari belgilandi. 

Ma’lumot uchun, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik B.Adilov bir vaqtning o‘zida Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i hisoblanadi. Shu sababli tabiiyki, sayyor qabulda aynan jazoni ijro etish tizimi bilan bog‘liq murojaatlar ko‘pchilikni tashkil etdi. Xususan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan 34 nafar mahkumlar tomonidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish masalasida murojaat qilindi. Vazir o‘rinbosari tomonidan ular bilan suhbat o‘tkazilib, shu yerning o‘zida “sayyor sud” majlisi tashkil etildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan “sayyor sud” davomida murojaat qilgan mahkumlarning barchasi muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilindi.

Aytish joizki, sayyor qabul jarayonida qayta murojaatlarga alohida e’tibor qaratilib, respublika miqyosida hal etiladigan masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Bunday tadbirlar mavjud ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish bilan birga, ichki ishlar organlari nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Поделиться