Turkmanistonning “Avaza” milliy turizm zonasida birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi boshlandi.
Tadbir ochilishida so‘zga chiqqanlar forumning ahamiyati, uning Kaspiy bo‘yi mintaqasida hamkorlikning yangi mexanizmi, ahil qo‘shnilik aloqalarini mustahkamlash, savdo, transport, energetika, turizm kabi yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni samarali ro‘yobga chiqarishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi. O‘zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion yutuqlarni ommalashtirish va yangi g‘oyalar almashinuvi bo‘yicha aloqalarni mustahkamlashi ta’kidlandi.
Forum doirasida Kaspiy innovatsion texnologiyalari va “Turkmaniston sahrosi - 2019” xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, Kaspiy innovatsion texnologiyalari ko‘rgazmasida Rossiya, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan birga, O‘zbekiston stendi bilan tanishish mumkin.
O‘zbekiston uchun ajratilgan pavilonda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyalar, energetika, avtomobilsozlik kabi bir qator sohalarda erishilgan innovatsion yutuqlar namoyish etilmoqda.
“Made in Uzbekistan” brendi ostidagi innovatsion ishlanmalar va mahsulotlar ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
“Turkmaniston sahrosi - 2019” xalkaro ko‘rgazmasidan, asosan, mintaka davlatlarida ishlab chikarilgan so‘nggi rusumdagi avtomobillar o‘rin olgan. Bu yerda mamlakatimizda ishlab chikarilgan avtomobillar ham namoyish etilmoqda.
Mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari ko‘rgazmalar doirasida Kaspiy bo‘yi mintaqasi davlatlari ishbilarmon doiralari bilan muzokaralar olib bormoqda. Unda qator sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikka doir kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
A’lo Abdullayev olgan suratlar. O‘zA