2019-yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Hindiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Santosh Ja bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining holati ko‘rib chiqildi va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma investitsion loyihalarda Hindiston tomoni ishtirok etishining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida Hindiston vakillarining 2019-yil sentabr oyida Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalida ishtirok etishiga qiziqish bildirildi.
Shuningdek, uchrashuvda turli darajalardagi O‘zbekiston-Hindiston tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.