Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi
Davlat soliq qoʻmitasi jamoasi Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi Abduvoxidov Raxim Abdujalilovichning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
R. Abduvoxidov 1990-yildan buyon soliq idoralarida turli lavozimlarda qariyb 30 yil davomida faoliyat olib borgan. Jumladan, Fargʻona viloyatining Soʻx, Yozyovon, Oxunboboyev va Fargʻona tumanlari, Andijon viloyatining Boʻz tumani davlat soliq inspeksiyasining boshligʻi lavozimida ishlagan. Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasining boshligʻi lavozimida esa 2018-yil 20-dekabrdan buyon ishlab kelayotgan edi.
U oʻzining sadoqati, ishonchi va tinimsiz harakati bilan barcha gʻayratini ishga solib, davlat soliq xizmati organlarini rivojlantirishga hissa qoʻshdi.
Raxim Abdujalilovich haqidagi iliq xotiralar yuraklarimizda mangu muxrlanib qoladi.