O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Afg‘oniston davlatlararo shartnomalari kuchga kirdi

2019-08-08 | Siyosat

2019-yil 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida 2016-yil 17-oktabrdagi Ekstraditsiya to‘g‘risidagi bitim va 2017-yil 5-dekabrdagi Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi.

Ekstraditsiya to‘g‘risidagi bitim jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni ekstraditsiya qilish shartlari, ushbu shaxslarni ekstraditsiya qilish to‘g‘risida so‘rovni o‘z ichiga olgan hujjatlarga talablar, ekstraditsiya to‘g‘risida rasmiy so‘rov yuborilgunga qadar vaqtincha qamoqda saqlash shartlari va muddatlarini tartibga soladi.

Ushbu hujjat jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida samarali hamkorlik qilish uchun huquqiy asos bo‘ladi va jazoning muqarrarligi tamoyilini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma bandlariga muvofiq bir mamlakat hududida yashaydigan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ikkinchi mamlakat hududida o‘zlarining shaxsiy va mulk huquqlariga nisbatan o‘sha mamlakat fuqarolari bilan bir xil huquqiy himoyadan foydalanadilar.

Hujjat fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlarda huquqiy yordam ko‘rsatish, ishlarning sudga tegishliligi masalalari hamda hujjatlar, dalillar talab qilish uchun so‘rov yuborish va sud jarayonlarini o‘tkazish, sud qarorlarini tan olish va ijro etish tartibini belgilaydi.

Shartnoma fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash maqsadida fuqarolik va oila ishlari bo‘yicha huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda jinoyatchilikni oldini olish, tergov va sud qilish masalalarida ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari aloqalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Mazkur xalqaro shartnomalarning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Поделиться