O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qulay investitsiya muhiti taraqqiyotga xizmat qiladi

2019-08-07 | Iqtisodiyot

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada tijorat banklarining oʻrni beqiyos.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada tijorat banklarining oʻrni beqiyos.
 
Banklarning biznes faoliyatini endi tashkil etmoqchi boʻlganlarga yaqindan yordam berib, moliyaviy koʻmak koʻrsatayotgani natijasida oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻygan, ishlab chiqarish sexi yoki xizmat koʻrsatish shahobchasini ochib qoʻshimcha daromad manbaiga ega boʻlayotganlar safi ortmoqda.
 
Bu jarayonda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham faol ishtirok etib, oʻz sarmoyalarini iqtisodiyotning yetakchi sohalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan qayta jihozlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirgan. 
 
Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha “Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasida bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini taʼminlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlashni yanada kengaytirish eng muhim va ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilab berilgan.
 
TIF Milliy banki ham mazkur yoʻnalishda keng koʻlamli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, bankning Investitsiya departamenti tarkibida Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish Markazi, hududiy boʻlimlarda Investitsiya markazi shoʻbasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgani soha rivojida muhim ahamiyat kasb etayotir.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi va Markaziy bank tomonidan berilgan topshiriqlar, shuningdek, Markaz tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda xorijiy va mahalliy investorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida markaz shoʻbalari zamonaviy talablarda jihozlandi.
 
Bankning Jizzax viloyati boʻlimidagi markazda 2019-yil mart oyi boshidan buyon 60 dan ortiq mijozlarning murojaatlari koʻrib chiqildi. Investitsiya kreditlari yaʼni turli sohalar boʻyicha xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan kreditlar boʻyicha qilingan murojaatlarga oʻz vaqtida yechim topildi.
 
Markazga tashrif buyurgan mijozlarga xorijiy valyutada ajratilishi belgilangan kreditlar boʻyicha toʻliq tushunchalar yaʼni, kredit foizi, kredit berilish muddatlari, kredit berish shartlari, kredit boʻyicha taʼminotga quyiladigan talablar boʻyicha batafsil maʼlumot berildi. Xorijiy valyutada kredit olish istagini bildirgan mijozlarning aksariyat murojaati qanoatlantirildi.
 
2019-yilning oʻtgan davrida 16 ta mijozga jami 18,4 million AQSH dollari miqdorida xorijiy moliya institutlari mablagʻlari hisobidan uzoq muddatli xorijiy valyutada kreditlar ajratilgan. Ushbu mablagʻ asosan import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy uskunalar sotib olishga xamda aholiga xizmat koʻrsatish sohasi uchun asbob-uskunalar sotib olishga yoʻnaltirilgan.
 
Ayni paytda bankning viloyat boʻlimi mijozlari xorijiy moliya institutlari tomonidan taklif etilgan 15 turdagi kredit mablagʻlaridan keng foydalanmoqda. Eʼtiborlisi, mijozlarning xorijiy valyutadagi kreditlarga boʻlgan talabi kundan kun ortmoqda. Bu viloyatga turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun innovatsion texnologiyalar, asbob-uskunalar kirib kelishiga xizmat qilayotir.
 
M.MANSUROV,
TIF Milliy banki 
Jizzax viloyati boʻlimi
Investitsiya faoliyatini 
muvofiqlashtirish va loyihalarni 
boshqarish markazi shoʻbasi mudiri

Поделиться