O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Turkiya elchilarining XI yillik konferensiyasida ishtirok etdi

2019-08-06 | Siyosat

2019-yilning 5-avgust kuni Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya elchilarining XI yillik konferensiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Turkiya elchilarining yillik konferentsiyalari 2008-yildan beri Turkiya Respublikasining barcha favqulodda va muxtor elchilari ishtirokida o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir mamlakatning siyosiy va diplomatik faoliyatini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni ichki va idoralararo muvofiqlashtirishni kuchaytirish va serqirra tashqi siyosat yuritishda muhim rol o‘ynaydi.

Bu yili konferentsiyaga Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman Safadi, BMTning Livandagi maxsus koordinatori Yan Kubish, BMT Bosh kotibining Liviya bo‘yicha maxsus vakili Gassan Salame va boshqa yuqori mansabdor shaxslar ham taklif etilgan.

O‘zbekiston TIV rahbari o‘z nutqida qayd etganidek, uning bunday tadbirda ishtirok etishi ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatning yuqori darajasining yorqin namunasidir.

Vazir ta’kidlaganidek, 2017 va 2018-yillarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga va Turkiya Prezidenti Rajep Tayyip Erdog‘anning O‘zbekistonga tashriflari bugun strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan munosabatlarimiz tarixida yangi sahifa ochdi.

Abdulaziz Kamilov o‘z nutqida jahon va Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning holati va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha O‘zbekiston qarashlari to‘g‘risida so‘zlab berdi, mintaqaviy va global tahdidlarga to‘xtaldi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning keng makromintaqada tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosiy tashabbuslarini izohladi.

Поделиться