O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda yangi texnologiyalar asosida sholi yetishtiriladi

2019-08-06 | Texnologiyalar

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Tong Yang Moolsang kompaniyasining zamonaviy mashinalari yordamida sholini ko‘chat usulida yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi texnologiya orqali hosildorlik oshishi, vegetatsiya davri qisqarishi, 70-75 foizgacha urug‘dan iqtisod qilinishi, 20-25 foizgacha suvdan unumli foydalanishga erishiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekistondagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish administratsiyasi KOPIA markazi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv-dala seminarida qayd etildi.
 
Ayni paytda Koreyadan “TYM” (Tong Yang Moolsang) kompaniyasining qo‘lda itarib, shuningdek, RF-48 va ustiga minib boshqariladigan RRO600V rusumli ko‘chat ekish mashinalari keltirilib, sholi yetishtirish texnologiyasini mexanizatsiyalash yo‘li bilan takomillashtirish va yuqori hosil olishga qaratilgan eksperement olib borilmoqda.
 
- Dunyo aholisining aksariyati guruch iste’mol qiladi, xususan O‘zbekistonda ham bu mahsulotga bo‘lgan talab katta. Shu boisdan O‘zbekiston uchun sholini samarali usulda yetishtirish nihoyatda zarur. Koreyadagi eng ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, sholining yangi navlarini yaratish va uni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish mutaxassislarning malakasini oshirish borish borasida hamkorlik ishlarini amalga oshirmoqdamiz, deydi Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish administratsiyasi KOPIA markazi rahbari, professor An Xi Sung.
 
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ma’sud Sattorovning bildirishicha, hozirgi tajribada 1 gektar maydonga o‘rtacha 12 soat ichida sholi ekilayotgan bo‘lsa, endilikda qo‘lda boshqariladigan mashinalar yordamida 1,5-2 gektargacha, minib boshqariladigan mashinalarda esa o‘rtacha 7-8 gektargacha maydonda sholi ekib, yuqori samaradorlikka erishilishi kutilmoqda. Sholini ko‘chat usuli bilan yetishtirish an’anaviy urug‘dan ekib yetishtirish usulga qaraganda ko‘p jihatdan afzalliklari mavjud. Hozirgi paytda yer yuzida sholi hosilining 95 foizidan ortig‘i faqat ko‘chat usulida yetishtirilmoqda.
 
Joriy yilda respublika bo‘yicha jami 114 ming gektarga sholi ekish rejalashtirilgan, shundan 57,9 ming gektari asosiy ekin sifatida va 56,1 ming gektar g‘alladan bo‘shagan maydonlarni tashkil etadi.

Поделиться