O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Turkiya Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining birinchi yig‘ilishi to‘g‘risida

2019-08-06 | Siyosat

2019-yilning 5-avgust Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu raisligida Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, joriy yil Anqara shahrida davlat rahbarlari raisligida o‘tkaziladigan Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini batafsil muhokama qildilar.

Uchrashuvda turli daraja va shakllardagi O‘zbekiston – Turkiya muloqotining jadallashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.2019-yil 22-23-iyul kunlari Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Turkiya Hukumatlararo komissiyasi yig‘lishining samarali yakunlarini e’tirof etildi. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikda markaziy o‘rinni savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalari egallashi ta’kidlandi. 2018-yil yakunlariga ko‘ra ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 40,5%ga oshib, 2 mlrd. 172 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatlar o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi esa 1 mlrd. 142,7 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2018-yilning shu davriga nisbatan 22%ga oshdi. Turkiya kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni 50%ga oshib, 1081 taga yetdi.

Vazirlar ikki tomonlama siyosiy-diplomatik hamkorlikni davom ettirishga, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalarni rivojlantirishga qiziqish mavjudligini tasdiqladilar.

Delegatsiyalar rahbarlari madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratdilar. Turkiya tomoni Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” XII Xalqaro musiqa festivaliga va Qo‘qon shahridagi I Xalqaro hunarmandchilik festivaliga taklif etildi. Ikki mamlakat ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat TIV rahbarlari raisligida Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishini 2020-yilda Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Yig‘ilish yakunida Abdulaziz Kamilov va Mavlut Chavusho‘g‘lu O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladilar. Hujjatda savdo, investitsiya, turizm, energetika, transport, xavfsizlik, ta’lim kabi dolzarb yo‘nalishlar va boshqa masalalar bo‘yicha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazishni hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi.

Поделиться