O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro molekulyar allergologiya markazi mutaxassislari Namanganda bolalarni koʻrikdan oʻtkazdilar

2019-08-05 | Sog‘liqni saqlash

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazining Klinik tadqiqotlar boʻlimi mutaxassislari Elnara Ismailova va Nodira Alimova Namangan shahrida boʻlib, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishda oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Namangan shahridagi viloyat bolalar shifoxonasida turli xildagi allergik, nafas olish yoʻllari va teri kasalliklari bilan xastalangan 30 nafar bolajonlar koʻrikdan oʻtkazilib, ularga tegishli maslahatlar berildi. 23 nafar bemordan biomaterial (qon) olindi, shuningdek har bir bemorning allergik kasalliklar boʻyicha shikoyatlari boʻyicha yozma soʻrovnoma oʻtkazildi. Olingan biomateriallar qayta ishlanib, maxsus sovutkich-sumkaga joylanib, oʻsha kunning oʻzida Toshkentga joʻnatildi.

Mazkur tadbir yurtimizda molekulyar allergologiyani rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan vazifalar doirasida muayyan hududdagi aholining sensibilizatsiya profilini aniqlash maqsadida oʻtkazildi. Klinik koʻrik va anketalash Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan maʼqullangan xalqaro ISAAC soʻrovnomasida foydalangan holda amalga oshirildi.

Tanlab olingan 23 bemor umumiy soni 282ta boʻlgan allergen koʻrsatkichlarning keng spektridan iborat ALEX MADx allergochiplarini qoʻllagan holda molekulyar diagnostikadan oʻtadilar. Bolalarning ota-onalari mazkur muolajalar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobdan bajarilishini tushuntirdilar.

Bugungi kunda Xalqaro molekulyar allergologiya markazi Italiya ishlab chiqarilgan eng soʻnggi avlod VPPS 2010 zamonaviy gul changi qopqonlarini yurtimiz shaharlarida oʻrnatish ishlarini jadal olib bormoqdalar. Mazkur oʻrnatilgan gul changi qopqonlari yordamida 80 km radius doirasidagi havoda tarqalgan changlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olinmoqda. Bundan tashqari ushbu gul changi qopqonlarining toʻlaqonli ishga tushganidan soʻng olingan maʼlumotlar Yevropa gul changi monitoringi jamiyatining maxsus portalida (www.polleninfo.org saytida) doimiy ravishda joylashtirib boriladi.

Taʼkidlash joizki, Xalqaro molekulyar allergologiya markazi Aerobiologik monitoring boʻlimi 5 nafar xodimlari gul changi qopqonlari bilan ishlash va gul changlarini turlarini oʻrganish maqsadida 2019-yil 22-27-yanvar kunlari Vena tibbiyot universiteti (Avstriya)ga stajirovka maqsadida borib, oʻrganib kelingan tajribalarini qoʻllagan holda hozirgi vaqtda Xalqaro molekulyar allergologiya markazida aerobiologik monitoring laboratoriyasida ish olib borishmoqda. Unda havodagi allergenlar turlarini, allergen oʻsimliklar gulchangining aerobiologik monitoringini va changlatish prognozini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Поделиться