O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XTVda AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2019-08-05 | Ta’lim
Joriy yilning 2-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida AQSH Davlat departamentining Yevropa, Yevroosiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam berish boʻyicha koordinatori Jeyms Kulikovski boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Delegatsiyani Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov va vazir oʻrinbosari Sarvar Babaxodjayevlar qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar xalq taʼlimi tizimida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama etdi.
Taʼkidlash kerakki, AQSH hukumati Oʻzbekistonga xalq taʼlimi tizimida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda koʻmak bermoqda.
Jumladan, AQSH tomonidan taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida XTV loyihalarini amalga oshirish, chet tillarini oʻrganish, axborot texnologiyalari boʻyicha oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqishda yordam beriladi.