O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq taʼlimi vazirligi YUNESKO bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda
2019-08-02 | Madaniyat
Poytaxtimizda Xalq taʼlimi vazirligi hamda YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Rasmiy va norasmiy taʼlim tizimlariga nomoddiy madaniy merosni tatbiq etish” mavzusida 4 kunlik seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminarning ochilish marosimida YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Fuad Pashayev va Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi X.Daminov tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish yoʻnalishlari, mamlakatimizda yosh avlodga mavjud nomoddiy madaniy meros haqida keng maʼlumot berish, ularni saqlash hamda kelgusi avlodlarga yetkazishning muhimligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, seminar doirasida hududlardan taklif etilgan 30 ga yaqin turli fan oʻqituvchilariga sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan xorijiy tajribalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Seminar ishtirokchilari kichik guruhlarga boʻlingan holda ish olib bordi.
Seminar yakunida kelgusida bunday oʻquvlarni hududlarda ham tashkil etish va ularda mazkur treningda ishtirok etgan fan oʻqituvchilarining trener sifatida faoliyat koʻrsatishiga kelishib olindi.