O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TIVda uchrashuv

2019-08-02 | Siyosat

2019-yilning 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov AQSh Davlat departamentining Yevropa, Yevroosiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam berish bo‘yicha koordinatori Jeyms Kulikovski bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-AQSh aloqalarining yuqori sur’atda ekanligi va 16-23-iyul kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga amalga oshirgan tashrifining muvaffaqiyatli yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Ta’kidlanganidek, mazkur tashrif yakunlari turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarini yanada rivojlantirishning amaliy masalalarini ko‘rib chiqishga imkon berdi.

Shuningdek, iqtisodiy va texnologik modernizatsiya, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sud-huquq va boshqa sohalarda hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi doirasida moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali Orol ekologik fojiasi oqibatlarini yumshatishda hamkorlik qilish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Поделиться