O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Tashkulov Sirdaryoda aholi bilan uchrashdi

2019-08-02 | Jamiyat

1 avgust kuni Adliya vazirligi rahbariyatining Sirdaryo viloyatida sayyor qabuli boshlandi.

 

Viloyat adliya boshqarmasining xabar berishicha, rejaga muvofiq Guliston tumanidagi "Orol ne’matlari" fermer xo‘jaligi dala shiyponida adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulovning sayyor qabuli tashkil etildi. Qabulda Guliston tumani hamda Guliston shahri aholisi vakillarining murojaatlari tinglanmoqda. Guliston tumanilik tadbirkor Ma’ruf Suyarovning non sexi bor, ammo, tumanda tez-tez svet o‘chishi orqasidan mahsulotlar aynib, ishlab chiqarish to‘xtab qolyapti.

- Adliya vaziri o‘rinbosarining sayyor qabulida o‘z muamoimni aytib, yordam so‘radim, viloyat elektr ta’minot korxonasi rahbari va’da berdi, va’dasida turadi, degan umiddaman, - deydi tadbirkor. - Chiroq o‘chib tursa tadbirkorlik rivojlanmaydi, investorlar kelmaydi, turmush farovon bo‘lmaydi.

Qabul jarayonida davlat xizmatlari buyicha murojaat qilgan fuqarolar shu yerning o‘zida qabul qilinib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Guliston shahar 1-mavze Uvaysiy ko‘chasida yashovchi Muyassar Tilovoldiyeva hamda Mustaqillik ko‘chasida yashovchi Bibirajab Matchonovalar snos, yo‘l hamda elektr ta’minoti masalasida kelishgan. Adliya vaziri o‘rinbosari qabulda ularning murojaatlarini diqqat bilan tingladi va muammo yuzasidan o‘rganish o‘tkazilishi, natijasiga qarab hal etish chorasi ko‘rilishini ma’lum qildi.

- Juda ko‘p joylarga murojaat qildik, xech kim bizni yuzma yuz qabul qilmagan edi. Ming raxmat adliyaga, shular tufayli haq-huquqimizni taniyapmiz, talab qilyapmiz, - deydi Muyassar Tilovoldiyeva.

Boyovut tumanilik bir guruh murojaatchi ayollar mahallada ichimlik suvi muammosi mavjudligi, yul muammosi xakida gapirib, amaliy yordam surashdi. Bu murojaatni qanoatlantirish bo‘yicha  bo‘yicha Boyovut tuman hokimligi hamda tuman adliya bo‘limiga vazifa yuklandi.

Shu kunning o‘zida soat 15-00 da Xovos tuman temiryo‘lchilar madaniyat saroyida Shirin va Yangiyer shaharlari hamda Xovos tumani aholisi uchun sayyor qabul boshlandi.

Qabulga ikkita shahar va bitta tumandan 200 nafarga yaqin murojaatchilar tashrif buyurdilar. Ular navbat bilan qabul qilindi.

- Murojaatlarning ko‘prog‘i  uylar buzilishi va kompensatsiya to‘lanmaganligi, ichimlik suvi va yo‘l ta’miri bo‘yicha bo‘lyapti, - deydi Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i S.O‘rmonov. - Shu bilan birga bank kreditlarini olish, kreditlarni to‘lash bo‘yicha muammosi bor fuqarolar ham kelishgan. Qizig‘i shundaki, ba’zi kredit so‘rab kelgan fuqarolar mablag‘ni qaysi sohaga yo‘naltirish va foyda olish, tadbirkorlik sub'yektini  yuritish  haqida umuman bilimga ega emaslar. Bu borada ularga tumandagi Bandlik markazi, “Tadbirkor ayollar”uyushmasiga murojaat qilish va avvlombor, tadbirkorlik bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish to‘g‘risida tavsiyalar berildi.

Adliya vazirligi rahbariyatining sayyor qabuli ertaga Oqoltin tumani hokimligida Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlari aholisi uchun soat 9-12 gacha, soat 15-18 gacha Sirdaryo tumani hokimligida Sirdaryo va Sayxunobod tumani aholisi uchun o‘tkaziladi.

Поделиться