O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turistik biznes vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

2019-08-01 | Turizm

Oʻzbekiston Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari Mansurbek Olloyorov hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Kasimxodjayev Toshkent shahrida turistik kompaniyalar, mehmonxona va restoran biznesi, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari bilan uchrashishdi. Tadbir Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etildi.

 

Uchrashuvdan maqsad - Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasi jozibadorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmon hamda “Oʻzbekiston Respublikasi turistik salohiyati targʻibotida sayyohlik infratuzilmasini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihalarini muhokama qilish. Uchrashuv ishtirokchilarining soʻzlariga koʻra, bu Oʻzbekiston tarixida mamlakat rahbariyatining turistik biznes vakillari bilan oʻtkazgan birinchi ochiq muloqotidir. 

Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Mansurbek Olloyorov va Turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari v.b. Ulugʻbek Kasimxodjayev turistik biznes vakillari bilan dolzarb muammolarni muhokama qilishdi. Jumladan, turistik infratuzilma, yoʻlovchi tashish transporti, mehmonxonalar narxi va ularga yulduz berish tizimi, tabiiy hududlar, QQS, kadrlar malakasini oshirish bilan bogʻliq muammolar oʻrtaga tashlandi.  

Tadbir doirasida koʻtarilgan masalalar va berilgan takliflar tegishli farmon hamda qarorlar, normativ hujjatlar loyihalarini yaratishda inobatga olinishi taʼkidlandi. Taʼkidlash joizki, oʻtgan qisqa vaqt davomida turizm sohasida respublika turistik salohiyatini har tomonlama rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyatini oshirish boʻyicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Olib borilgan ishlar natijasida 2019-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonga 3 milliondan ziyod xorijiy sayyoh keldi va bu 2017-yilning shu davridagi koʻrsatkichlarga nisbatan ancha koʻpdir. Shuningdek, 4.2 ming mehmonxona nomerlari yaratildi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,8 baravar koʻp demakdir. 

Поделиться