O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbek va belarus ijodkorlarining uchrashuvi

2019-08-01 | Madaniyat

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, ayni paytda Belarus Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov ulugʻ shoir bobomiz Alisher Navoiy byusti ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir doirasida haykaltarosh Maksim Makarevich bilan uchrashdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi arafasida Minsk shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy byusti ochilgan edi.

Ushbu ijodiy ish muallifi – yosh belarus haykaltaroshi Maksim Makarevich. Maksim Aleksandrovich 1990-yilda Minsk shahrida tugʻilgan. Aleksey Glebov nomidagi Minsk davlat rassomlik kolleji hamda Belarus davlat sanʼat akademiyasini haykaltaroshlik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 2017-yilda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Belarus Prezidenti maxsus fondining stipendiati boʻlgan.

Shuni taʼkidlash kerakki, belaruslik musavvir va haykaltaroshlar, fotoustalar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan xalqaro biyennalelar, tasviriy sanʼat festivallari, fotokoʻrgazmalarda muntazam qatnashib keladi. Ayni paytda yurtimiz moʻyqalam sohiblarining ijod namunalari ushbu mamlakatning sanʼat muxlislari tomonidan yuksak qadrlanadi. Belarus Respublikasida Oʻzbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilishi doirasida tashkil etilgan yurtimiz tasviriy va amaliy sanʼatiga doir koʻrgazma buning yana bir yorqin dalilidir. 

Oʻzbek va belarus ijodkorlarining uchrashuvi davomida sanʼat ahli oʻrtasidagi madaniy-maʼrifiy muloqotlar xalqlarimizni rassom va haykaltaroshlar, fotomusavvirlar, hunarmandlar, dizaynerlarning eng sara ishlari bilan tanishtirishda, doʻstona munosabatlarning yanada mustahkamlanishida asosiy omil ekani taʼkidlandi. 

 

N.USMONOVA, OʻzA
 

Поделиться