O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek razvedkachilari Hindistonda!

2019-07-31 | Jamiyat

2015-yildan buyon o‘tkazilayotgan «ArMI-2019» xalqaro armiya o‘yinlarining “Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi” musobaqasida ishtirok etish uchun Hindistonga yo‘l olgan o‘zbek razvedkachilari ham so‘nggi tayyorgarliklardan o‘tmoqda.

Ta’kidlash kerakki, “Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi” musobaqasi bu yil Hindistonning Rajastxon shtati Jaysalmer shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada yurtdoshlarimiz Hindiston, Rossiya, Xitoy, Armaniston, Qozog‘iston, Zimbabve va Belorus Respublikalari jamoalari bilan kuch sinashadi.

“Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi” musobaqasida ishtirokchilar suqilib kirish va pistirma, maxsus razvedkachi kursi, razvedkachi to‘siqlaridan o‘tish, o‘qotar quroldan yakka va guruh tarkibda otish, evakuatsiya va joylashuv kabi beshta shartni bajarishadi. Shu bois harbiylarimiz musobaqa bo‘lib o‘tadigan joylarni o‘rganish ishlarini ham olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, «ArMI-2018» xalqaro armiya o‘yinlarining “Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi” musobaqasida O‘zbekiston jamoasi Rossiya va Xitoy jamoalaridan keyin faxrli 3-o‘rinni egallagan edi.

Поделиться