O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident qarori mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi

2019-07-31 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq taʼlimi vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida yurtboshimizning 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov, Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi oʻrinbosari Dilnoza Kattaxonova, tashkilotlar masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur brifingda ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm egallashga boʻlgan ishtiyoqi, intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Xususan, yurtimizda yoshlarning xalqaro olimpiadalardagi natijalarini yanada yaxshilash maqsadida iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ulardan yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi yaratilmoqda.

Qarorga asosan, fan olimpiadalarini tashkil etish hamda xalqaro olimpiadalarda mamlakatimiz jamoalarining munosib ishtirokini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida 14 ta shtat birligidan iborat Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etildi.

Olimpiada gʻoliblari va ularning oʻqituvchilari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilangan. Bundan tashqari, qaror asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari takliflari asosida boshqa qoʻshimcha fan olimpiadalari tashkil etilishi mumkin.

Qarorda koʻzda tutilganidek, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamkorligida umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish va xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbarining yuqorida nomi keltirilgan qarorida nazarda tutilmagan xalqaro va mintaqaviy olimpiadalardagi Oʻzbekiston terma jamoasining ishtiroki departament tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Yuqorida keltirib oʻtilgan maʼlumotlar bilan bir qatorda, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berildi.

Brifing press-relizi oʻzbek va rus tillarida.

Поделиться