Prokurorlarning protestiga asosan jinoyat ishi bilan bogʻliq 835 sud qarori qonunga muvofiqlashtirilgan
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda esa bu raqam 710, iqtisodiy sudlarda 378, maʼmuriy sudlarda 445 tani tashkil etgan.
Bosh prokuraturada boʻlib oʻtgan brifingda sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 2019-yilning 6 oyida 18 ming 745 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari mazmunan koʻrib chiqilgan. Shundan 14 ming 733 nafar shaxsga nisbatan 11 ming 33 jinoyat ishi boʻyicha ayblov hukmi chiqarilgan.
Ayblov hukmi chiqarilgan shaxslarning 25,7 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 74,3 foiziga boshqa turdagi jazolar tayinlangan.
333 nafar shaxs jinoyat sodir etganlikda aybsiz, deb topilib, oqlangan. Shundan, 75 nafar shaxs bevosita prokuratura organlari tashabbusi bilan reabilitatsiya qilinib, ularning buzilgan huquqlari tiklangan.
Prokurorlarning protestiga asosan 835 sud qarori qonunga muvofiqlashtirilgan.
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda esa raqam 710, iqtisodiy sudlarda 378, maʼmuriy sudlarda 445 tani tashkil etgan.
Prokuratura organlari tomonidan 4 ming 131 jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shundan 2 ming 870 jinoyat ishi tamomlangan. 2 ming 173 ta jinoyat ishi sudga yuborilgan.
164 qotillik jinoyati sodir etilgan boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan 27,5 foizga kamaygan. Ushbu turdagi jinoyatlarning ikkitasi fosh etilmasdan qolgan.
Tergov qilingan jinoyat ishlari boʻyicha jami 2 trillion 115 milliard soʻmlik moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan. Tergov jarayonida uning 94,1 foizi undirilgan.