O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston-Belarus: Ikki tomonlama hamkorlik yangi pog’onaga ko’tarilmoqda
2019-07-30 | Turizm
29-iyul-2-avgust kunlari Minsk shahrida Oʻzbekiston va Belarus respublikalari hududlari forumi hamda “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.b. Abdulaziz Aqqulov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Belarusning yirik sanoat korxonalari kasaba uyushmalari va turistik firmalari rahbarlari bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda Oʻzbekistonning turistik salohiyati taqdimoti oʻtkazildi muhokama etildi.
Shuningdek, tadbirlar doirasida “Oʻzbekiston va Belarus respublikalari oʻrtasida madaniy-gumanitar, axborot-kommunikatsion va ilmiy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi konferensiya, shuningdek buyuk oʻzbek mutafakkiri Alisher Navoiy byust haykalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.