O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat statistika qo`mitasi vakili gender statistikasi bo`yicha hududiy konferentsiyada ishtirok etdi
2019-07-30 | Jamiyat
Davlat statistika qo`mitasi Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig`i Xurshid Juraev 2019-yilning 25-26 iyul kunlari Tbilisi shahrida (Gruziya) bo`lib o`tgan “Gender statistikasi: kuzatuv muammolari va imkoniyatlar”mavzusidagi hududiy konferentsiyada ishtirok etdi.
Mazkur konferentsiyaning ishtirokchilari Markaziy Osiyo (Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston), Sharqiy Yevropa va Kavkaz (Moldova, Ukraina, Belorus, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya) mamlakatlari vakillari, shuningdek, BMT-Ayollar, Yevrostat va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari bo`ldi.
Konferentsiyaning asosiy maqsadi, gender statistikasi bo`yicha milliy hamda xalqaro siyosat bo`yicha majburiyatlarni samarali ravishda monitoring qilish, gender ma`lumotlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, sifatli va taqqoslanadigan ma`lumotlarni tayyorlashni ta`minlashdan iborat. Shuningdek, rasmiy gender statistikasini tarqatish aloqalar sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.