O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“RoboCup” telemusobaqa gʻoliblari “Asian Science Camp”ning ochilish marosimida ishtirok etdi
2019-07-30 | Texnologiyalar
29-iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shantou shahrida XIII xalqaro nufuzli ilmiy oromgox - “Asian Science Camp”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Taʼkidlash joizki, Nobel mukofoti sovrindorlari ishtirokida tashkillashtiriladigan ushbu tadbirda oʻzbekistonlik yoshlar Innovatsion rivojlanish vazirligi va Xitoyning Xalkaro almashinuvlar buyicha taʼlim uyushmasi (China Education Association for International Exchange) bilan tuzgan kelishuvi asosida, ilk bor rasmiy delegatsiya sifatida ishtirok etmoqdalar.
Delegatsiyaga Innovatsion rivojlanish vazirligi yetakchi mutaxassisi Nodirjon Yusufov boshchilik qilmoqda.
Tadbir Shantou universiteti va Guangdong Technion Israel Institute of Technology institutlari kampusida boʻlib oʻtmoqda. Avval xabar berganimizdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil qilingan “RoboCup” televizion robototexnika musobaqasi gʻoliblari - Karimov Jamshid, Sultonov Ibrohim, Rahimov Javoxir, Mirzatillayev Rahmatilla, Rixsixoʻjayev Umidxoʻja ushbu tadbirda qatnashish uchun yoʻllanmani koʻlga kiritgan edi.
Ochilish marosimida Xitoyning Xalqaro almashinuvlar boʻyicha taʼlim uyushmasi prezidenti doktor Liu Limin, Shantou universiteti prezidenti professor Jiang Xong, Shantou shaxri xokimi Jeng Jiang va 3 nafar NOBEL mukofoti sovrindorlari, Aaron Siyechanover (2004, Kimyo), Yang Chenning (1957, Fizika), Tu Youyu (2015, Tibbiyot) soʻzga chiqib, ishtirokchilarga oromgohdagi faoliyatlarida omad va zafarlar tiladilar.
Asian Science Camp 2019 - 28 ta davlatdan 253 nafar ishtirokchilarni qamrab olgan, NOBEL mukofoti sovrindorlari tomonidan oʻtkaziladigan 9 ta plenar sessiyalardan iborat 5 kunlik tadbir boʻlib, unda 18-22 yoshdagi ilm-fan soxasida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar bugungi kunda insoniyat duch kelayotgan muammolarni yechish maqsadida ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha ish olib boradilar.