O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Malayziyada o‘tkazilgan Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi

2019-07-29 | Ta’lim

2019-yilning 26-29-iyul kunlari Malayziyada nufuzli Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Unda O‘zbekistondan 13 nafar umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etdi.

Olimpiadaning maqsadi “STEAM” (Science, Technology, Engineering, Arts and Mathematics) shaklidagi umumiy o‘rta ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini nafaqat axborotni eslab qolish va xotirlash, balki ijodkorlik, mustaqil qidirish va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor bergan holda ilgari surish hisoblanadi.

O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra dastlab rebus va matematik masalalarni yechish yo‘li bilan final bosqichida ishtirok etuvchi o‘quvchilar tanlab olingan va mazkur bosqichda yosh kategoriyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlangan.

Olimpiada yakunida yosh vatandoshlarimiz 20 ta davlatdan kelgan 1100 dan ortiq o‘quvchilar orasida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 12 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi.

Tadbir tashkilotchilari o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasini, ularning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini hamda matematika va tabbiy fanlar bo‘yicha bilim darajasini yuqori baholadi. O‘zbekistonda umumta’lim maktablari o‘quvchilarida shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun barcha sharoitlarning mavjudligi alohida e’tirof etildi va O‘zbekiston jamoasining mazkur tadbirda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgani bundan guvohlik bermoqda.

Поделиться