O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TDPU: Ijodiy imtihonlar natijalari universitet saytida e’lon qilib borilmoqda

2019-07-29 | Ta’lim

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida alohida iqtidor talab qilinadigan ta’lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

2019-yilning 27-iyul kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 5112000 - Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi (kunduzgi bo‘limi)ga talabgorlardan tashkil topgan har bir guruhda 30 nafar abituriyentlardan iborat 12 ta guruh jadval asosida ertalabki 8:00 dan 19:00 ga qadar sportning “Engil atletika va gimnastika” turi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashdi.

5111100 - Musiqa ta’limi yo‘nalishiga hujjat topshirgan 30 nafar abituriyent 8:30 dan 20:00 ga qadar “Xonandalik mahorati”, “Cholg‘u ijrochiligi”, “Musiqa nazariyasi” bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.

2019-yilning 27-iyul kuni 5110800 -Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan 3 ta guruhdan iborat 90 nafar abituriyentdan “Qalamtasvir” hamda “Rangtasvir” bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.

Vazirlik tomonidan OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni yuqori saviyada, shaffof va oshkora tashkil etish maqsadida imtihon jarayonlariga jamoatchilik kengashi a’zolari hamda ota-onalardan vakillarni taklif etildi.

Ota-onalar va xolis kuzatuvchilarga maxsus dam olish joylari tashkil etilib, mazkur joylarda abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlarini bevosita kuzatishi uchun monitorlar o‘rnatildi. Monitorlar orqali ota-onalar hamda abituriyentlarning yaqinlari kasbiy (ijodiy) imtihonlarni jonli tarzda kuzatishmoqda.

Поделиться