Bugun Minsk shahrida: Oʻzbekiston – Belarus hududlararo forumi, Oʻzbekiston madaniyati kunlari, “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlari koʻrgazmasi oʻz ishini boshlaydi.
Unda ikki mamlakat viloyatlari, parlament, vazirlik va idoralari vakillari, ishbilarmon doiralar ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchilik qiladi.
Ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashishlar, hamkorlikka doir muzokaralar ham shu kunlarda tashkil etiladi. Unda mamlakatimizning qator oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etadi.
Belarusda oʻtadigan muhim tantanalardan yana biri sifatida buyuk shoir va mutafakkir bobokalonimiz Alisher Navoiy hazratlarining byusti ochilishi kutilmoqda.