O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSh Kongressida uchrashuv

2019-07-18 | Siyosat

2019-yilning 17-iyul kuni Vashington shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya kongressmen, AQSh Kongressi Vakillar palatasidagi “O‘zbekiston bo‘yicha Kokus”ning hamraisi Trent Kelli bilan muzokara o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama O‘zbekiston – AQSh munosabatlari kun tartibining keng qamrovli masalalari muhokama qilindi. Kongressmen Trent Kelli e’tirof etganidek, so‘nggi uch yilda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratildi, o‘zaro aloqalar ham federal, ham mintaqaviy darajalarda rivojlanmoqda. Diplomatik aloqalar o‘rnatilgandan buyon ilk bor Missisipi shtati gubernatorining 2019-yil may oyida respublikamizga tashrif buyurishi buning yorqin misoli bo‘ldi.

Suhbat chog‘ida parlamentlararo aloqalarni yanada faollashtirish yo‘llari muhokamasiga, Kongress a’zolarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkillashtirishga, mamlakatimiz parlamentariylarining qonun ijodkorligi borasidagi AQShning ilg‘or tajribasini o‘rganishlariga alohida e’tibor qaratildi. “Parlament diplomatiyasi” instrumentlarini faollashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Kongressmen Trent Kelli O‘zbekiston delegatsiyasining shu kunlarda AQSh poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan ikkinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etayotganini qo‘llab-quvvatladi. Parlament a’zosi dindorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida respublika Hukumati olib borayotgan siyosatga yuqori baho berdi va Kongress bilan mazkur yo‘nalishdagi muloqotni chuqurlashtirishga ko‘maklashish uchun tayyorligini bildirdi.

Vakillar palatasiga Missisipi shtatidan saylangan Trent Kelli paxtachilik, parrandachilik, suv resurslarini boshqarish, baliqchilik va to‘qimachilik kabi yo‘nalishlarida O‘zbekiston va o‘z shtati biznes vakillari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatishga ko‘maklashishga tayyor. U respublikaning “O‘zbekiston bo‘yicha Kokus” tarkibida vakillari bo‘lgan boshqa shtatlar bilan hamkorligini rivojlantirish borasida yordamlashishga ham tayyorligini qayd etdi.

Uchrashuvda mintaqaviy mavzudagi qator masalalar ham muhokama qilindi.

Поделиться