O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida Bitim kuchga kirdi
2019-07-15 | Siyosat
2019-yilning 5-iyul kun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabr kuni imzolangan oʻzaro savdoga koʻmaklashish tizimi to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi.
Hujjatda o‘zaro savdoga koʻmaklashish tizimini rivojlantirishni ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish, hujjatlarni rasmiylashtirishda ustuvorlik berish va bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish ko‘zda tutiladi.