O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston Elchisi bilan uchrashuv

2019-07-15 | Siyosat

2019-yilning 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ahmad Holid Elmiy bilan uchrashdi.

Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilar ekan, Vazir Elchini samimiy qutladi va birgalikda O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarini mustahkamlash va kengayishga ishonch bildirdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishidan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.

Afg‘onistondagi ko‘p yillik mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.

Elchi Prezident Muhammad Ashraf G‘ani nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga Afg‘onistonni doimiy qo‘llab quvvatlagani uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston tomoniga afg‘onlararo muloqot mexanizmlarini boshlashga salmoqli hissa qo‘shgani uchun tashakkur izhor etdi, bunga o‘tgan yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha nufuzli xalqaro konferensiya sezilarli turtki berdi.

Uchrashuvda, shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar kun tartibi va jadvali, jumladan Toshkent shahrida o‘tkazishilishi rejalashtirilayotgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi yuzasidan fikr almashildi.

 

Anvar Ilyosov olgan surat

Поделиться