O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish choralari belgilab berildi

2019-07-12 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyul kuni Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodida agrar soha mashinasozligini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. 

Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlari joriy etilayotgani, g‘alla va paxtaning xarid narxi oshirilgani, meva-sabzavotlar eksporti kengayayotgani natijasida dehqon va fermerlarimizning daromadlari izchil ortib bormoqda. Endi ular yangi-yangi texnikalar olib, ish samaradorligi va mahsulotlar sifatini oshirishga harakat qilmoqda.  

2018-yilda fermerlarga 11,5 ming dona texnika yetkazib berilgan. O‘tgan yili 10 million dollar, joriy yilning birinchi yarmida esa 15 million dollarlik qishloq xo‘jaligi texnikasi eksport qilingan. 

Lekin bu mavjud salohiyat va talabga nisbatan juda kam. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida yiliga 11 mingdan ziyod texnikaga, jumladan, 4 mingta traktor, 500 ta kombayn va 5 mingdan ziyod osma-tirkama texnikaga ehtiyoj mavjud. Bundan tashqari, 2022-yilgacha 263 ming gektar, 2025-yilgacha yana 1 million gektardan ziyod yerlar qayta foydalanishga kiritilishi bois bu ehtiyoj yanada oshadi.

Hozirda mavjud texnikalarning 46 foizi ko‘p muddatdan buyon foydalanishda bo‘lib, yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Fermerlardagi texnikalarning 97 foizi paxta va g‘alla uchun mo‘ljallangan.

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahsulot va xizmatlar turlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Joriy yil 1-oktabrdan boshlab iqtisodiyotning barcha jabhalari qatori ushbu sohada ham soliq imtiyozlari bekor qilinayotgani tarmoq korxonalaridan yanada faol ishlashni talab qilishi qayd etildi. 

Avvalo bozorbop texnikalar ishlab chiqarish, tannarxni kamaytirish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish korxonalar oldidagi eng muhim vazifalar bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Kabina, boshqaruv tizimi, g‘ildirak, tezlik uzatgich, osma tizimlar kabi asosiy qismlar lokalizatsiya darajasini 32 foizdan 56 foizga yetkazib, tannarxni 30 foizgacha arzonlashtirish, shuningdek, mahalliy korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish orqali yillik importni 20 million dollarga qisqartirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Fermerlarni qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlashning barqaror moliyaviy mexanizmlarini yaratish, texnikalarga servis va ta’mirlash xizmati ko‘rsatish, ehtiyot qismlar yetkazib berishni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Qishloq xo‘jaligi texnikasini sertifikatlash tizimini takomillashtirish, tayyor mahsulotlar bilan birga xizmatlar eksportini ham kengaytirish vazifasi qo‘yildi. Zamonaviy texnikalar ishlab chiqaruvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi malakali mutaxassislar tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

- Bizga raqobatbardosh texnika kerak, qo‘shimcha qiymat zarur. Tizim korxonalarida minglab odamlar ishlashi lozim. Bugun belgilangan maqsadlarni kim amalga oshiradi? Mutaxassis. Nima amalga oshiradi? Aql, bilim, mehnat amalga oshiradi, - dedi Prezident.

Yig‘ilishda belgilangan vazifalarni amalga oshirish rejalari yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.

Поделиться